Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«ArMI – 2021»: «Yo‘l patruli» bo‘yicha jamoamiz ham musobaqani muvaffaqiyatli boshladi
10:56 / 2021-08-25

Qatar poytaxti Doha shahrida VII Xalqaro armiya o‘yinlari dasturidagi «Yo‘l patruli» musobaqasini O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi muvaffaqiyatli boshladi.

Bahslarni jamoamizdan birinchi bo‘lib III darajali serjant A’zam Siddiqov boshlab berdi.

Dastlabki tur «Yakka tartibdagi poyga» bo‘lib, unda tezlikni oshirish yo‘lagi, qiya yonbag‘rli yo‘lak, 5 metrdan kam bo‘lmagan balandlik, nishablikda to‘xtash chizig‘i, temir yo‘l kesishmasi, ilon izi yo‘lak, keskin ortga qaytish kabi to‘siqlardan o‘tish, o‘qotar qurollardan nishonlarni yo‘q qilish, shartli yaradorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inni bartaraf etish kabi shartlar bajariladi.

Jamoamiz a’zolari kapitan Abbos Amirov va III  darajali serjant Farhod Musayev ham yakkalik bahslarida yaxshi natijalar qayd etib, umumiy hisobda Rossiya Federatsiyasi jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Qiziq fakt: ayni shu jarayonlar kechayotgan payt musobaqa bo‘layotgan Doha shahridagi havo harorati 51 gradus issiqni ko‘rsatayotgan edi. Ammo bu g‘oliblik uchun munosib kurashayotgan harbiy xizmatchilarimiz shashtini so‘ndira olmadi. Vakillarimiz bahslarni davom ettirib, «Tezlikni oshirish va tez to‘xtash» turida ham a’lo natijalarni ko‘rsatishdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining «Yo‘l patruli» bo‘yicha jamoasi eng yuqori natija ko‘rsatib, kechagi kun yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fozil XO‘JAEV,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti xodimi

Qatar, Doha shahri