Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«ArMI – 2021»: «Tank biatloni»da ikkinchi ekipaj yaxshi natija qayd etdi
18:37 / 2021-08-25

Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi «Alabino» poligonida VII Xalqaro armiya o‘yinlari dasturidagi «Tank biatloni» musobaqasi davom etmoqda.

25 avgust kuni vakillarimiz harakatlanayotgan birinchi divizionning ikkinchi ekipaj a’zolari o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Bu gal ham tankchilarimiz Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi jamoalari bilan bir guruhda harakat olib bordi.

Mazkur bosqichda ham jamoalarga T-72B3 tankini mohirlik bilan boshqarish, to‘siqlardan betalafot o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasi yuklatildi.

Bu safar yurtimiz sharafini leytenant Shahzod Mamadiyorov komandirligidagi tank ekipaji munosib himoya qildi. Ekipaj tarkibidagi kichik serjant Islombek Sobirov mo‘ljalga oluvchi vazifasini bajargan bo‘lsa, mexanik-haydovchi katta serjant Karimbek O‘rinov tankni mohirlik bilan boshqardi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xodimi Islomjon Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, navbatdagi bahsda vakillarimiz oldingi ekipajimizga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsata oldi.

Leytenant Shahzod Mamadiyorov ekipaji avvalgi ekipaj qayd etgan natijadan 1 daqiqayu 36 soniya tezroq farq bilan finish chizig‘iga yetib keldi. Ekipaj mexanik-haydovchisi katta serjant Karimbek O‘rinov T-72B3 tankini umumiy hisobda 72 km/soat tezlikkacha chiqara oldi.

Shunday qilib, bugungi bahs yakuniy natijalariga ko‘ra, rossiyalik tankchilar ekipaji 19 daqiqayu 18 soniyada finishga yetib keldi. Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi esa 20 daqiqayu 13 soniya natija qayd etdi. Vakillarimiz startdan finishgacha 22 daqiqayu 35 soniya vaqt sarfladi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning uchinchi ekipaji 28 avgust kuni o‘zaro bellashadi.

O‘zA