Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armanistonda yuz bergan avtohalokatda 11 kishi qurbon boʻlgani aytilmoqda
11:06 / 2023-08-14

Dushanbaga oʻtar kechasi Yerevan-Gyumri avtotrassasida yirik avtohalokat roʻy berdi, deb xabar tarqatdi mamlakat ichki ishlar vazirligi. “Yerevan-Gyumri avtotrassasining 90-kilometrida yoʻlovchi mikroavtobusi bilan “Zil” yuk mashinasi toʻqnashib ketgan. Natijada 11 kishi halok boʻldi”, – deyiladi qutqaruv xizmati tarqatgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, yana olti kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli ogʻirligi sababli Yerevandagi “Erebuni” tibbiyot markaziga keltirilgan