Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armaniston va Ozarbayjon muzokarani davom ettiradi
15:35 / 2024-03-01

Armaniston va Ozarbayjon tashqi siyosat idoralari rahbarlari Ararat Mirzoyan va Jayxun Bayramov tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokarani davom ettirishga kelishib oldi, deb xabar tarqatdi Armaniston TIV matbuot xizmati.

Ularning 28-29-fevral kunlari Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo munosabat hamda tinchlik o‘rnatilishi to‘g‘risida”gi bitim loyihasi bandlari bo‘yicha qarashlar muhokama qilingan.

– Qator masalalar bo‘yicha muzokarani davom ettirishga ikki tomon ham rozilik bildirdi, – deyilgan xabarda.