French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armaniston Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyaga tushib qolishdan xavotir olmoqda
11:42 / 2023-05-16

Yerevan Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun g‘arb sanksiyalaridan xavotir olmoqda, deb bayonot berdi Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Chexiyada chiqadigan "Respekt" jurnaliga bergan intervyusida.

“Imkon bor joyda, biz Rossiya so‘rovini quvonch bilan qarshi olamiz. Sanksiyalar — bizning qizil chizig‘imiz. Biz buni Rossiyaga aniq aytganmiz: bizning sizga zarar yetkazish niyatimiz yo‘q, biroq o‘zimiz ham sanksiyaga duch kelishni istamaymiz. Bu yerda hech qanday yashirin narsaning o‘zi yo‘q”, — deya ta’kidlagan Armaniston hukumati rahbari.

Uning aytishicha, Ukraina voqealari tufayli yuk tashish bo‘yicha logistik zanjir izdan chiqdi yoki umuman ishlamayapti. Rossiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri jo‘natilayotgan tovarlarning ko‘p qismi hozirda uchinchi mamlakat orqali yetkazilmoqda.  

“Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq (YeAES) a’zosimiz va Rossiya bilan juda qalin iqtisodiy aloqa olib boramiz, Armaniston biznesi so‘nggi paytda yaratilgan ko‘plab dasturlarda ishtirok etishni xohlaydi”, — dedi Pashinyan.

Armaniston bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Yerevan sanksiya ro‘yxatiga tushgan tovarlar bo‘yicha shaffof bo‘lishga intilmoqda, bu borada Yevroittifoq, AQSH va Rossiya  bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Mart oyi boshida Pashinyan Armaniston Moskvaga g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun yordam bermayotganini ma’lum qilgandi.