Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armaniston Ozarbayjon bilan shartnoma imzolashga tayyor
11:06 / 2024-10-09

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH sammitida Armaniston Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini shu oy imzolashga tayyorligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikning mustahkam poydevoriga aylanishi mumkin bo‘lgan bir qator fundamental masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish zarur. Gap bir-birining hududiy yaxlitligini tan olish, o‘zaro hududiy e’tirozlar yo‘qligini tasdiqlash va kelgusida bunday da’volarni ilgari surmaslik majburiyati, kuch ishlatmaslik va tahdid qilmaslik tamoyiliga rioya qilish, shuningdek bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, diplomatik munosabat o‘rnatish va tinchlik shartnomasi tomonlari o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishi uchun ikki tomonlama mexanizm yaratish haqida ekanini ta’kidladi.

– Bu masalalar “Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabat o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasi asosida allaqachon kelishilgan, dedi Pashinyan. – Biz hujjatni shu oy imzolashga tayyormiz va bu bizning rasmiy yondashuvimiz. Har ikki tomon loyihaning 80 foizini kelishib olgan.

Yaqinda Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Tinchlik shartnomasi loyihasini yakunlash bo‘yicha ishni faollashtirishga kelishib olgan edi.