French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armaniston EIga kirish masalasiga to‘xtaldi
12:05 / 2024-03-10

Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan mamlakat Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lida jiddiy qadam tashlay boshlaganini ma’lum qildi.

– So‘ngi 3-4-yil ichidagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, shu kunlarda Armaniston mavjud yangi imkoniyatlar, jumladan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish masalasini keng muhokama qilmoqda, – dedi u Turkiyaning “TRT World” telekanaliga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, Armaniston xalqi Yevropaga intilmoqda. Afsuski, hozir hech kim bu jarayon qanday yakunlanishini oldindan ayta olmaydi.

Avvalroq Bosh vazir Nikol Pashinyan EIga kirish uchun ariza 2024-yil kuzidan kechiktirmay topshirilishini aytgan edi.