Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armaniston Bosh vaziri samolyoti Ozarbayjon hududidan uchib o‘tdi
12:10 / 2025-09-08

Nikol Pashinyanning samolyoti xorijga safari chog‘ida ilk bor Ozarbayjon havo hududidan foydalandi, dedi Armaniston Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan.

— 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi Bosh vazir samolyoti Ozarbayjon havo hududi orqali xorijiy safarga jo‘nab ketdi va 6 sentyabrga o‘tar kechasi Armanistonga qaytdi, — deb yozdi Bagdasaryan ijtimoiy tarmoqda. — 8 avgust kuni Vashingtonda tinchlik o‘rnatilgach, mamlakatning tegishli idoralari Ozarbayjondan uchib o‘tish uchun havo yo‘lagi ajratishni so‘ragan va ijobiy javob olgan.

Bu voqeani mintaqadagi aloqalarni taqiqdan chiqarish, tinchlik dasturini ilgari surish va o‘zaro ishonch muhitini yaratish yo‘lidagi amaliy qadam, deb bilamiz. Ozarbayjon samolyotlari esa anchadan buyon Armaniston havo hududi orqali asosiy hudud va Naxchivon Muxtor Respublikasi orasida parvoz qilib kelyapti.

Avgust oyi oxirida Pashinyan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Xitoyga, keyin esa Yaponiyaga bordi.

S.Rahimov, O‘zA