Armaniston AQSHga o‘z hududi orqali Ozarbayjondan anklav hudud - Naxchivon Muxtor Respublikasiga o‘tadigan tranzit yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli eksklyuziv huquqni berishni rejalashtirmoqda. Bu xabarni “Reyter” agentligi Amerika rasmiylariga tayanib tarqatgan.
Ma’lumki, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 8 avgust kuni Oq uyda AQSH rahbari Donald Tramp ishtirokida muzokara o‘tkazadi va hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etadi.
Mazkur loyiha “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘nalishi” deya nomlash taklifi bildirilgan. Taxminga ko‘ra, yo‘lak Armaniston qonunchiligiga muvofiq ishlaydi, AQSH esa hududni infratuzilma va boshqaruv konsorsiumi tartibida ijaraga beradi.
Agentlik manbalaridan biri bu qadam tijoriy vosita yordamida yangi to‘qnashuvning oldini olishga qaratilganini aytdi. Uchrashuvda Aliyev va Pashinyan Qorabog‘ mojarosini tartibga solish bo‘yicha Minsk guruhini tarqatib yuborish nazarda tutiladigan hujjatni ham imzolashi ehtimoli bor.
S.Rahimov, O‘zA