Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Armageddon" – intellektual bellashuv g‘olibi
16:54 / 2025-11-13

Urganch shahridagi Yoshlar markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati jamoalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha intellektual marafon bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikkita hududdan jami 10 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

– Intellektual marafonda jamoalar savollarni Toshkent shahri Professional ligasi bilan sinxron tarzda o‘ynadilar, – deydi o‘yin koordinator va hakami Azamat Matkarimov. – Har bir turda 12 tadan savol berildi va  jami 10 turda 120 ta savolga javoblar izlandi. O‘yin g‘oliblari reyting ballari yordamida aniqlandi.

Qoraqalpoq va Xorazm yoshlari o‘rtasida qizg‘in va o‘zaro bahs-munozaraga boy tarzda kechgan hududiy intellektual marafon o‘yinlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rinni Xorazmning “Ural” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin ham xorazmlik yoshlardan iborat “Idrok” jamoasiga nasib etdi. 1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Armageddon” jamoasi egalladi.

[gallery-26234]

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan 5,10,15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari