English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arktika Rossiya va G‘arb qarama-qarshiligining navbatdagi maydoniga aylanishi mumkin
16:47 / 2023-05-05

Rossiya bilan G‘arb o‘rtasidagi navbatdagi qarama-qarshilik Arktikaning boy tabiiy zaxiralari uchun bo‘ladi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlikning yozishicha, Arktika uzoq vaqt geosiyosatdan holi bo‘ldi, lekin iqlim o‘zgarishi va zaxiralar ortidan quvish vaziyatni o‘zgartirmoqda. Arktikaning mojarosiz mintaqa maqomi xavf ostida qolishi mumkin.  

Xabarda ta’kidlanishicha, NATO kengayishi va Finlandiyaning alyansga qo‘shilishi (ehtimol, yaqin orada Shvetsiya ham qo‘shilar)  mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi, chunki Rossiya NATOga kirmaydigan yagona Arktika mamlakati hisoblanadi.  

Mamlakatlarning Arktika da’vosiga asosiy sabab,  uning tabiiy zaxiralarga boyligidir. AQSH Geologiya xizmati 2008 yilda tayyorlagan ma’lumotlarga ko‘ra, Arktika muzliklari ostida 90 milliard barrel neft, 1,7 ming trillion kub fut tabiiy gaz, 44 milliard barrel gaz kondensati  bor. Arktikaning materik qismida qalay, oltin, olmos, simob, qora metallarning katta zaxiralari yashirinib yotibdi.