Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arkbuloqda 15 milliard so‘mdan ortiq tovarlarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan
17:13 / 2022-10-11

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bojxona organlari oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida qator huquqbuzarliklar natijasida yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Unga ko‘ra, xorijdan yurtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan qiymati 45 ming dollarlik texnologik asbob uskunalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada pechning ichiga yashirilgan, yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan qiymati 112 million so‘mlik 255 dona impulsli muhrlovchi qurilmalar borligi aniqlandi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 653 ta holatda 15 milliard 138 million so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati