Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arkanzasning sobiq gubernatori Xatchinson AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
14:59 / 2023-04-03

Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Asa Xatchinson Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligi saylovida ishtirok etishini e’lon qildi va mamlakatning sobiq Prezidenti Donald Trampni qayta saylanish rejasidan voz kechishga chaqirdi.

“Men bir qarorga keldim. Mening qarorim shunday: AQSH prezidentligiga o‘z nomzodimni qo‘yaman”, – degan Xatchinson ABC telekanaliga bergan intervyusida.

Sobiq gubernatordan Trampga qarshi sud ishlari ketayotgan bir paytga uning prezidentlik poygasida ishtirok etishi o‘rinlimi, deb so‘rashganda, Xatchinson qat’iyat bilan Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarining navbatdagi Prezidenti bo‘lmasligi kerak, deb javob bergan.