Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arkadiy Dvorkovich: Samarqand musobaqalari yangi g‘alabalarni taqdim etadi (+video)
21:26 / 2025-09-05

Shu kunlarda Samarqandda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan dunyodagi eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri “Grand Swiss-2025” musobaqalari davom etayotgan ayni kunlarda Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqda.

FIDE prezidenti A.Dvorkovich boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizda faoliyat boshlagan “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurdi.

Xalqaro darajadagi mehmonlar shaharchadagi sport maydonchalari, ma’muriy inshootlar, xususan “Velodrom”, “Markaziy o‘yingoh”, “Suv sporti”, “Jamoaviy sport turlari”, “Yakkakurash sport turlari” majmualaridagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona “Olimpiya shaharchasi”ning imkoniyatlarini yuqori baholadi. Ilg‘or kommunikatsiya tizimlari, xalqaro talabga javob beradigan sport inventarlari bilan jihozlangan sport majmualarida nufuzli musobaqalar, chempionatlarni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini e’tirof etdi.

“Olimpiya shaharchasi” bilan tanishuv jarayonida FIDE prezidenti qator jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Muloqot jarayonida A.Dvorkovich Samarqandda o‘tayotgan nufuzli turnir, o‘zbekistonlik shaxmat mutaxassislari ham FIDE Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylanish imkoniyatlari, kelgusi yili yurtimizda bo‘ladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik kabi mavzular xususida so‘z yuritdi.

Intervyuning to‘liq shakli bilan O‘zAning YouTube kanali orqali tanishishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kGGVCVo8OnE" title="Arkadiy Dvorkovich: Samarqand musobaqalari yangi g`alabalarni taqdim etadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev, J.Toshxo‘jayev (video), O‘zA