Arizonada kichik samolyot qulab tushdi
AQSHning Arizona shtatida bemorlarni tashishda foydalanilgan kichik samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida uchoqdagi to‘rt kishi qurbon bo‘lgan.
Tub aholi vakili Navaxo politsiyaga voqea tushdan keyin Chinle qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lganini aytdi.
Samolyot yaqin atrofdagi shifoxona tomon uchayotib, qo‘nish vaqtida qulagan. Natijada ikki uchuvchi va ikki nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.
Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) bayonotida uchoq rusumi "Beechcraft" ekani ta’kidlangan.
Milliy Transport xavfsizligi kengashi (NTSB) halokat sababini aniqlash maqsadida tekshiruv boshladi.
M.Pirmatova, O‘zA