Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arizani masofali ravishda berish mumkin
21:04 / 2019-04-24

Ushbu xizmat yoʻlga qoʻyilgach, onlayn tartibda mamlakat OOʻYulariga kirishga hujjat topshirish uchun batafsil yoʻriqnoma chop etiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va “UZINFOCOM” yagona integratori hamkorligida abituriyentlarga oliy oʻquv yurtlariga Yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda ariza berish imkonini yaratuvchi yangi elektron xizmat sinovdan oʻtkazilmoqda (www.my.gov.uz).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, yangi elektron xizmat abituriyentlar va ularning qarindoshlarining OOʻYulariga hujjat topshirishni uzoq navbat kutishlarsiz, ularning vaqt va moliyaviy xarajatlarisiz amalga oshirish imkonini beradi. Bunda mamlakatning turli hududlarida yashovchi, Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlariga kirish istagidagi abituriyentlar poytaxtga shaxsan hujjatlarni taqdim etish uchun kelishi kerak boʻlmaydi. Buning uchun test sinovlariga kirish uchun ariza berishning qulay, tez va ishonchli mexanizmi yaratiladi.

Yangi elektron xizmat hujjat topshirishning anʼanaviy usuliga nisbatan qator afzalliklarga ega. Xususan, abituriyentning shaxsiy maʼlumotlarini toʻldirish avtomat tartibda muassasalararo oʻzaro elektron harakatni tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, abituriyentga bir vaqtning oʻzida uchta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoni beriladi. Buning uchun Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (YAIDXP) tegishli ikkinchi va uchinchi oliy oʻquv yurtlari va oʻquv yoʻnalishini avtomatik tartibda tavsiya qiladiki, bu oliy oʻquv yurti va oʻquv yoʻnalishini tanlashga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. Bundan tashqari, yoshlar test sinovlaridan oʻtish uchun joyni mustaqil ravishda tanlashi mumkin boʻladi. 

YAIDXPda interfaol xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish tegishli taomilni boshqaruvchi meʼyoriy hujjat tasdiqlangandan soʻng amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Ushbu xizmat yoʻlga qoʻyilgach, onlayn tartibda mamlakat OOʻYulariga kirishga hujjat topshirish uchun batafsil yoʻriqnoma chop etiladi.