French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arina Tanatmisheva jahon chempionati sovrindori
11:49 / 2025-07-26

Portugaliyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifalarida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning 20 ta davlati qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Chempionatning U23 yosh toifasidagi K-1 yo‘nalishida 1000 metr masofaga kechgan bellashuvlarning finalida Arina Tanatmisheva 4 daqiqa 5,97 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va terma jamoamiz hisobiga dastlabki kumush medalni keltirdi.  

Shuningdek, musobaqaning turli yo‘nalishlarida bir qator eshkak eshuvchilarimiz final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning kechagi kun yakunlariga ko‘ra, har ikkala yosh toifalarida medal jamg‘arishda Vengriya terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza bilan peshqadamlik qilmoqda. Italiya esa 2 oltin, 1 tadan kumush va bronza bilan ikkinchi, Serbiya termasi esa 2 ta oltin hamda 1 ta bronza bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA