Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Argentinada karantinga amal qilmagani uchun mingga yaqin avtomobil olib qoʻyildi
11:24 / 2020-03-27

Argentina hukumati bir haftada karantin tartiblariga amal qilmagan mingga yaqin fuqaroning avtomobilini olib qoʻydi, deb xabar qiladi mamlakat xavfsizlik vazirligi.


Argentina hukumati bir haftada karantin tartiblariga amal qilmagan mingga yaqin fuqaroning avtomobilini olib qoʻydi, deb xabar qiladi mamlakat xavfsizlik vazirligi.

“Mamlakatning turli hududlarida 206 ming 716 ta avtomobil tekshirib koʻrilgan“, — deyiladi xabarda. 200 ming kishi koʻchada yurish uchun zarur boʻlgan hujjatini koʻrsata olmagan va ular uyiga qaytarib yuborilgan.

21-martdan boshlab, butun mamlakatda amal qilayotgan karantin tartiblarini buzgani uchun 6 ming 191 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Ayni paytda Argentinada 502 kishi koronavirusga chalingan, 8 kishi pandemiya qurboni boʻldi.