Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Argentinada 20 millionga yaqin kishi chiroqsiz qoldi
10:20 / 2023-03-02

Bu mamlakatdagi jami iste’molchilarning 40 foizini tashkil etadi, deb yozmoqda "La Nacion" gazetasi.

Kelib chiqqan yong‘inning elektr ta’minotiga zarar keltirishi tufayli Argentinaning bir nechta provinsiyasi hamda poytaxt hududining qator tumanlari zimistonga aylandi. Xavfning oldini olish maqsadida “Atucha I” AESining  xizmat ko‘rsatish faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgan.  

“Mamlakat bo‘yicha jami iste’molchilarning 40 foizi  chiroqsiz qoldi, bu 20 million kishi qorong‘uda o‘tiribdi, deganidir”, - deb yozmoqda OAV. 

Shu kunlarda Argentinada ayni saraton. Mamlakatning aksariyat mintaqalarida termometr tayoqchasi 40 darajani ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.