Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Argentina janubida 30 ta kit halok bo‘ldi
13:33 / 2022-10-15

Argentina janubida 30 ta kit nobud bo‘lgani aniqlandi, deb yozmoqda RIA Novosti mahalliy kitlarni muhofaza qilish instituti ma’lumotlariga tayanib.

"26 ta katta va to‘rtta yosh kitlarning jasadlari aniqlandi. Ularning birinchisi 24 sentyabrda topilgan edi.

Ayni paytda olimlar kitlar o‘limiga nima sabab bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqda. Suv o‘simliklarining  gullayotgani natijasida zaharlanish ehtimoli ham variantlarning biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Chunki, ushbu hududda yashovchi planktonlar va molyuska tanalarida yuqori darajada biotoksinlar aniqlangan.

Gullovchi zaharli suv o‘tlari dunyo muammosiga aylangan. Masalan, 2015 yilda Chilida  suv o‘tlaridan zaharlanib 300 ta kit  halok bo‘lgan edi.

Bunday zaharli suv o‘simliklarining sohilga yaqin joylarda gullashiga inson faoliyat asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Chunk iinson faoliyati tufayli, aniqrog‘i ularning sanoat chiqindilarini va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan o‘g‘it qoldiqlarini okenlarga tashlab yuborishi suv o‘tlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Yosh kitlarning jasadlari Valdes  yarimoroli atrofida topilgan. Bu yerlarga har yili iyun oyidan dekabr oyigacha minglab sayyohlar okean gigantlarini tomosha qilish uchun keladi. Kitlar ushbu hududlarga  avlod qoldirish yoki yaqinda tug‘ilgan bolalarini oziqlantirish uchun keladi. Qolaversa, bu joylar kitlar sayyohlar ko‘l uzatar darajada yaqin keladigan Argentinadagi yagona hudud hisoblanadi.