Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Argentina BMT Bosh kotibi lavozimiga Rafael Grossi nomzodini ko‘rsatdi
08:31 / 2025-11-28

Argentina rasman BMT Bosh kotibi lavozimiga MAGATE rahbari Rafael Grossi nomzodini ko‘rsatdi, deb xabar tarqatdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

Grossining o‘zi ham avvalroq shu lavozimga da’vogarlik qilishini aytgandi.

- Argentina Respublikasi 2027-2031 yillar uchun BMT Bosh kotibi lavozimiga elchi Rafael Grossi nomzodini taqdim etishdan faxrlanadi, deyilgan bayonotda.

TIV diplomatik korpusda qirq yildan ko‘p xizmat qilganini ta’kidlarkan, bu diplomatning asosiy yutug‘i aniq natijaga olib boradigan ochiq, samarali boshqaruv orqali xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilganini qo‘shimcha qildi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) direktori Rafael Grossi intervyularidan birida agar BMT rahbarligini egallasa, ziddiyatni bartaraf qilish uchun Moskva va Kiyev bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatishini bildirgan.

2026 yil Antoniu Guterrish vakolatini topshirishi kutilyapti.

Grossining fikricha, Bosh kotibning vazifasi global tinchlik va xavfsizlikni saqlash bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishdir.

S.Rahimov, O‘zA