Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Arbitraj guruh”larining yig‘im-terim mavsumidagi vazifalari
11:59 / 2022-09-24

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi “PAHTAKOR TEKS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Zarbdor paxta tozalash” korxonasi qoshidagi paxta qabul qilish maskanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan press-tur o‘tkazildi.

Joriy yil mavsumida viloyat paxtakorlari 77 ming 900 gektar maydonga chigit ekib, 265 ming tonna sifatli xom ashyoni yog‘inli kunlarga qoldirmay, nes-nobud qilmasdan, qisqa fursatlarda yig‘ib-terib olishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta to‘qimachilik klasterlariga paxta topshirish, qabul jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish va nizolarni joyida hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Arbitraj guruh”lari tashkil etilgan.

“Arbitraj guruh”lari “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limlari, Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi viloyat filiali, O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi filiali, qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlaridan tuzilgan.

[gallery-8902]

Fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari va xodimlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri Inspeksiyaning markaziy apparati va Jizzax viloyat boshqarmasiga murojaat qilishlari uchun ishonch telefonlari ishlab turibdi.

Shuningdek, paxta qabul qilish maskanining paxta qabul qilishdan tortib, laboratoriyagacha bo‘lgan jarayonlarida “Arbitraj guruh”lari tomonidan  paxtadan namuna olish, hosil sifatini aniqlash hamda ushbu jarayonlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni zudlik bilan bartaraf etishdagi o‘rni hamda o‘rnatilgan tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga, paxta xom ashyosining sifat ko‘rsatkichlari sanoat navi, sinfi, paxtaning pishib yetilganligi, namlik va iflos aralashmalarning massaviy hamda boshqa sifat ko‘rsatkichlarini me’yoriy hujjat talablari asosida aniqlash usullari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan talablarga amal qilishda bugungi kunga qadar 315 ta fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

– Paxtaning sifat ko‘rsatkichlari, amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan xom ashyoning sifatini tasniflash, paxta yig‘im terimini samarali tashkil etish yuzasidan fermer xo‘jaliklari va terim otryadlari rahbarlariga batafsil ma’lumotlar berib boryapmiz, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi bosh inspektori Zafar Bo‘riyev. – Topshirilayotgan paxtani qabul qilib olishda O‘zbekiston Respublikasi Standartlashtirish va Metrologiya qonunlari va texnik jihatdan tartibga solishda me’yoriy hujjat talablariga qat’iy rioya etish hamda unga rioya etmaslikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida paxta to‘qimachilik klasterlarining 48 nafar rahbar va mas’ul xodimiga ogohlantiruvlar berdik.

Press-turda ishtirokchilarga nizoli holatlarda paxtaning sanoat navi, namligi va iflos aralashmalarni arbitraj usulda aniqlashda o‘lchov vosita turlari va sinovlarning har bir bosqichlari qanday amalga oshirilishi haqida ma’lumot berildi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA