Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aralash saylov tizimida ayollarga oid kvota qanday ta’minlanadi? (video)
15:20 / 2023-10-20

Qonunchilik palatasi saylovini aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shu yil 25 oktyabrga qadar keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur qonun loyihasida parlamentda ayollarning o‘rnini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

— So‘nggi yillarda rahbarlikda va parlamentda ayollarning o‘rnini oshirishga juda katta e’tibor qaratildi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova. — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Saylov kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarda ham saylovlarda ayollarning o‘rnini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni, nomzodlarning uchdan bir qismi ayollar bo‘lishi kerak, degan masala qo‘yilyapti.

Bugungi kunda ham parlamentimizda ayollarning o‘rni yuqori. Ya’ni, hozirda parlament vakillarining 32,7 foizi ayollardir. O‘zbekiston parlamentda ayollarning o‘rni bo‘yicha 190 ta mamlakat ichida 37-o‘rinda turadi. Bu borada Germaniya, Rossiya, AQSH, Yaponiya kabi mamlakatlardan oldingi o‘rinlarda turadi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bugungi kunda parlamentdagi ayollar qonunlarni takomillashtirish, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlarda muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda.

Parlamentda ayollarning o‘rni borasidagi ko‘rsatkichlarni yanada oshirish va qonunlarda mustahkamlash maqsadida mazkur qonun loyihasida tegishli normalar belgilangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W9wtgSFJ30k" title="Aralash saylov tizimida ayollarga oid kvota qanday ta’minlanadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Xususan, proporsional saylov tizimida siyosiy partiyalar tomonidan 75 tadan 100 tagacha nomzod ko‘rsatilishi mumkin. Ayollarning teng huquqliligini ta’minlash maqsadida partiyalar ro‘yxatidagi ketma-ketlikda har uchta nomzoddan bittasi ayollar bo‘lishi kerakligi belgilanmoqda. Ya’ni, nomzolar ro‘yxatining avvalida erkaklar, oxirida ayollar emas, balki aralash tartibda joylashtirilishi lozim. Bu ham yurtimiz xotin-qizlariga berilayotgan bir imkoniyatdir.

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA