Aralash jang san’atlari viloyat birinchiliklarini ham boshladi
Samarqand shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha ilk marotaba viloyat birinchiligi tashkil etildi.
Musobaqada jami 11 jamoadan 114 nafar sportchi ishtirok yetmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida 16-17 yoshli sportchilar o‘rtasida jami 32 jang o‘tkazilib finalgacha bo‘lgan barcha bellashuvlar yakunlandi. Yoshlar o‘rtasidagi barcha vazn tofalaridagi final bahslari bugun o‘tkaziladi.
18 yosh va undan kattalar o‘rtasida jami 38 jang kecha yakunlandi. Bugun esa kattalar dastlab yarim final va finalda o‘z imkoniyatlarini namoyish etishadi.
bugungi hal qiluvchi uchrashuvlardan so‘ng mamlakat chempionatida qatnashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ladi.