Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aralash jang san’atlari olimpiya sari muhim qadam tashladi
14:56 / 2021-12-24

Uzoq davom etgan munozaralardan so‘ng, Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ga a’zolikka qabul qilindi. Har ikkala tashkilot o‘rtasida hamkorlik kodeksi imzolandi.

Bu, aralash yakkakurashni olimpiya o‘yinlariga kiritish yo‘lida muhim qadam tashlanganligini anglatadi, deyiladi Xalqaro oilmpiya qo‘mitasi axborotida.

– WADA Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasini katta sport hamjamiyatiga qo‘shilganligi bilan qutlashdan mamnun, – deydi WADA prezidenti Vitold Banka Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga yo‘llagan ma’lumotida.

E’tiborlisi, mazkur kodeksning imzolanishi orqali Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi dopingga qarshi uyg‘unlashgan harakatda qatnashayotgan 600 dan ortiq sport tashkilotlaridan biriga aylandi.
 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA