Aralash jang san’ati ustalarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medalli bo‘ldi
Xitoyning Luchjou shahrida aralash jang san’atlari – MMA bo‘yicha III Osiyo chempionati o‘tkazildi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining jami 12 nafar sportchisi munosib ishtirok etdi.
Jumladan, musobaqaning 59 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Samandar Abdurahmonov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Azizbek Mahamadjonov 120 kilogrammgacha vaznda kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terma jamoamiz safidan o‘rin olgan Yusupbay Ahmedov (-96 kg), Husniddin Nasriddinov (-65 kg), Sarvarbek Hasanov (-85 kg) va Mirjalol Mirsaidov (-60 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA