Arabov Obidjon Zarip o‘g‘lining geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Zamonaviy sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari asosida Farg‘ona vodiysi hududining balandlik tizimini hisoblashni takomillashtirish” mavzusida
Arabov Obidjon Zarip o‘g‘lining 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosligi (geografiya fanlari) bo‘yicha “Zamonaviy sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari asosida Farg‘ona vodiysi hududining balandlik tizimini hisoblashni takomillashtirish” mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 6-oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti majlislar zali.
Tel.: (99871) 227-12-24;
e-mail:nauka@nuu.uz