Arabiston valyuta jamg‘armasi Yamandagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi
Arabiston valyuta jamg‘armasi Yaman davlatida xalqaro e’tirof etilgan hukumat rahbarligidagi iqtisodiy islohotlar dasturi ijrosiga ko‘maklashish uchun 1 milliard dollar ajratdi.
Moliyaviy yordam 2022-2025 yillar mobaynida Yaman iqtisodiyotini barqarorlashtirish sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yil oxirida ushbu mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi Yaman iqtisodiyotini izdan chiqarib, dunyodagi eng yirik gumanitar inqirozni keltirib chiqargan.
Jangovar harakatlar natijasida uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan millionlab yamanliklar hozir gumanitar yordamga muhtoj.
G. Abdullayeva, O‘zA