Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arab tilini chet tili sifatida o‘qitish usullari
17:02 / 2019-09-13

Ishtirokchilar kelgusida mahorat darslari davomida olgan bilimlarini arab tilini o‘qitish dasturlarini rivojlantirishda tatbiq etadi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 10-13 sentabr kunlari Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) va Granada Editions muassasasi bilan hamkorlikda “Arab tilini chet tili sifatida o‘qitish usullarini rivojlantirish” mavzuida xalqaro mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu mahorat darslarini Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti vakillari doktor Yusuf Ibrohim, Muhammad Mutlaq hamda yurtimizning eng tajribali mutaxassislari olib borishdi.

Darslarda mamlakatimizning turli mintaqalaridan kelgan oliy ta’lim muassasalarining arab tili o‘qituvchilari ishtirok etib, arab tilini chet tili sifatida o‘qitish usullarini rivojlantirishda zamonaviy vositalarni qo‘llash sohasidagi so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi arab tili o‘qituvchilari o‘z faoliyatlari davomida duch keladigan uslubiy, ta’lim-tarbiya muammolari hamda ularni hal etish yo‘llari, arab bo‘lmagan talabalar uchun arab tili darslarini rejalashtirish, zamonaviy ta’lim vositalarining o‘qituvchi faoliyatini rivojlantirishi, til o‘rganishdagi tinglash, so‘zlashish, o‘qish va yozish – to‘rt ko‘nikmani rivojlantirish, arab tilini chet tilida o‘rganuvchilarning til bilish darajasini baholash va me’yorlash singari masalalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar kelgusida mahorat darslari davomida olgan bilimlarini arab tilini o‘qitish dasturlarini rivojlantirishda tatbiq etadi.