Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arab sayohat bozori – O‘zbekiston uchun muhim ko‘rgazma
23:43 / 2023-05-06

BAA axborot agentligi “WAM” xabar berishicha, Dubayda bo‘lib o‘tayotgan “Arab sayohat bozori” (“Arabian Travel Market”) xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistondan ham 300 ga yaqin ishtirokсhi qatnashdi.

Mamlakatimizning BAAdagi elchisi Abdulaziz Oqqulov mazkur tadbir 2023 yilning turizm bo‘yicha eng muhim ko‘rgazmalardan biri ekanini ta’kidlab, “O‘zbekiston vakillarining ishtiroki sohadagi yaqin hamkorlikning yorqin namunasidir” dedi. U ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini ko‘paytirish maqsadida turli kompaniyalar o‘rtasida uzviy muzokara olib borilganiga to‘xtaldi.

Dubay va Shimoliy Amirliklardagi Bosh konsulimiz Alisher Salomov “Arab sayohat bozori” yurtimiz bozori uchun muhim platforma ekaniga urg‘u berdi. Diplomat qo‘shimcha qilishicha, besh yil avval BAA va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga atigi 5 ta avia reys amalga oshirilgan. O‘zaro turizm jadal rivojlanishi natijasida hozir bu ko‘rsatkich 40 taga yetgan.

Janubiy Afrika Respublikasining BAAdagi elchixonasi rasmiy hamkori, Vizani osonlashtirish xizmati (“Middle East and Africa Operations at VFS Global”) operatsiyalari direktori Otul Maroviy  xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston hukumati bilan memorandum imzolaganidan mamnunligini bildirdi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA