Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arab mintaqasida quyoshning qisman tutilishi sodir bo‘ladi
11:41 / 2022-10-19

Hamkorlarimiz sahifalarida

“WAM” xabar berishicha, 25 oktyabr kuni arab mintaqasi qisman kuyosh tutilishiga guvoh bo‘ladi. Marokash, Mavritaniya va Komor orollari bundan mustasno.

Xalqaro astronomiya markazi direktori muhandis Muhammad Shavkat Udexning aytishicha, quyosh tutilishini Yevropaning katta qismi, Afrika shimoli-sharqi, g‘arbiy hamda markaziy Osiyodan kuzatish mumkin. Hodisa g‘arbiy mintaqalardan boshlanib, asta-sekin sharqqa tomon siljiydi.

Mutaxassis tushuntirishicha, quyosh tutilishi Grinvich bo‘yicha soat 08:58 da Islandiya yaqinidagi shimoli-g‘arbiy Yevropadan boshlanadi, keyin Shimoliy Afrikaga, G‘arbiy Osiyoga o‘tadi. Eng yuqori daraja 11:00 da kuzatiladi, tugash vaqti esa tungi 01:00:02 ga to‘g‘ri keladi.

Udex qo‘shimcha qilishicha, arab mamlakatlari uchun quyosh tutilishining eng yuqori foizi Shimoliy Iroq, Levant va Arabiston yarim oroli shimoliy yarmi, Misr va Arabiston yarim oroli janubi, Liviya, Tunis, Sudanda yuz beradi. Somali, Jibuti va Jazoirning shimoli-sharqida yaqqol ko‘rinadi.

Xalqaro astronomiya markazi ko‘z nuriga xavfi borligi uchun tutilish vaqtida quyoshga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramaslik kerakligidan ogohlantirdi. Quyosh tutilishini tomosha qilish uchun maxsus ko‘zoynak va filtr mavjud.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA