Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arab davlatlari Rossiya-Ukraina masalasida betaraf
11:59 / 2022-03-01

Arab davlatlari Rossiya-Ukraina inqirozida betaraf qolmoqda. “TASS” bu haqda dushanba kuni kechqurun Arab davlatlari ligasi bosh kotibi yordamchisi Husam Zakiy ma’lum qilganini yozgan.

— Arab davlatlari Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham do‘stona munosabatga ega, — dedi Zakiy. — Do‘stlarga esa ikki do‘sti bir-biri bilan qanday urushayotganini ko‘rish qiyin. Shuning uchun Arab ligasi betaraf pozitsiyani egalladi.

Kuni kecha Qohira tashabbusi bilan jamoatchilik doimiy vakillarining favqulodda yig‘ilishi tashkil etildi. 

— Liga u yoki bu tomonda turmoqchi emas, — dedi misrlik diplomat. — Biz ayblash yoki qoralashdan ko‘ra, ko‘proq, yordam berishni xohlaymiz. Shuningdek, Ukrainadagi arab jamoalariga yordam berish bo‘yicha kelishishga harakat qilyapmiz.

Arab Ligasi qarorgohida o‘tgan yig‘ilishda doimiy vakillar Ukrainadagi vaziyat yomonlashuvidan xavotir bildirdi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish uchun vazirlar darajasida maxsus aloqa guruhini tuzishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Liga barcha manfaatdor tomonlarni Ukrainadagi mavjud vaziyatni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi.