Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5-12 avgust kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 12 ta mamlakatdan yuzlab mahalliy va xalqaro naslchilik xo‘jaliklari ishtirok etadigan Xalqaro lochin seleksionerlari auksioni o‘tkazilmoqda.
Tadbir tafsilotlariga ko‘ra, Xalqaro lochinlar seleksionerlari kimoshdisi lochinlarning yangi tur navlarini paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni Lochinlar klubi bosh ijrochi direktori Hosam bin Abdul Mohsin ushbu tadbirni sharhlar ekan, lochinlar parvarishi azaldan arablarning tirikchilik manbai sifatida ko‘rilganini qayd etdi.
Mintaqada topilgan yozuvlar shuni ko‘rsatdiki, Arabiston yarim oroli aholisi lochinlarni ming yillar oldin uy hayvonlari sifatidi parvarish qilganlar.
Auksionda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Fransiya, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Irlandiya, Italiya va boshqa dunyoning 14 mamlakatidan mahalliy va xalqaro fermer xo‘jaliklari ishtirok etmoqda.
Birinchi oqshomda auksion beshta lochin uchun 59 000 dollar daromadni qo‘lga kiritdi.
Tanlov shiddatli o‘tmoqda. Chunki auksionda lochinlarning noyob turlari savdoga qo‘yilgan.