French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aqto‘beda buzilib qolgan avtobusdan qutqarilgan 50 nafar O‘zbekiston fuqarolari haqida TIV axborot berdi
14:43 / 2019-12-18

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, tuman yo‘l-patrul xizmati yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta’minlash va avtobusni ta’mirlashda yordam ko‘rsatdi.


Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 14 dekabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 54 nafar odam, jumladan 50 ta O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, tuman yo‘l-patrul xizmati yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta’minlash va avtobusni ta’mirlashda yordam ko‘rsatdi. Avtobus esa ta’mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boshqa davlatga o‘tayotgan yurtdoshlarimiz, zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.