AQSHning Zaporoje AES bo‘yicha kutilmagan taklifi
Qo‘shma Shtatlar Rossiya – Ukraina ziddiyatini tartibga solish doirasida Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofida betaraf hudud yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi manbalarga tayanib, yozgan.
Nashr yozishicha, agar ushbu reja amalga oshsa, hudud ustidan nazorat Vashingtonga berilishi mumkin.
Dnepr daryosi chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan Zaporoje AES bloklar soni va amaldagi quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik shunday majmua hisoblanadi. Ob’ektda har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energoblok mavjud.