AQSHning Yaqin Sharq mintaqasiga aviatashuvchisini jo‘natish rejasi ma’lum bo‘ldi
Pentagon shu yil yozda «Ronald Reygan» aviatashuvchi kemasini Yaqin Sharqqa ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Ushbu amaliyotdan ko‘zlangan maqsad Afg‘onistondan olib chiqilayotgan AQSH qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat, deb yozadi Wall Street Journal gazetasi mamlakat mudofaa vazirligi manbalariga tayangan holda.
Pentagon rejasiga ko‘ra, «Ronald Reygan» kemasi hozir Yaponiyaning Yokosuke portida turibdi. U Yaqin Sharq mintaqasiga yozda jo‘naydi va u yerda to‘rt oy davomida navbatchilik qiladi.
«Boshqa bir aviatashuvchi «Duayt Eyzenxauer» hozir mazkur mintaqada turibdi. U o‘tgan uch yil davomida ikki marta mazkur mintaqaga joylashtirilgan edi», - deyiladi gazeta tarqatgan xabarda.
AQSH ma’muriyati 1 maydan 11 sentyabrgacha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni yakunlashi haqida xabar qilgan edi.