Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning yalpi ichki mahsuloti hajmi rekord darajada tushib ketdi
12:30 / 2020-08-04

Birinchi chorakda ushbu koʻrsatkich 6,9 foizni tashkil qilgan edi.


AQSHning YAIM hajmi ikkinchi chorakda rekord darajada, yillik koʻrsatkichda 32,9 foizga tushib ketdi, deyiladi AQSH savdo vazirligining iqtisodiy tahlillar byurosi tarqatgan matbuot xabarnomasida.

2020-yilning birinchi choragida AQSHda YAIM 5 foizga tushgandi. YAIMning pasayishi ikkinchi chorakda rekord darajaga yetdi. Bunday past koʻrsatkich 1947-yildan buyon kuzatilmagan edi. 1958-yilda 10 foizlik pasayish qayd etilgan. Eng kuchli pasayish esa 1932-yilda (12,9 foiz) qayd etilgan. Iqtisodiy tahlillar byurosi ushbu statistikani 1930-yildan buyon olib boradi.

“AQSHda YAIM pasayishi COVID-19 ga qarshi javob choralari koʻrilgani bois yuz berdi. Chunki mamlakatda karantin cheklovlari sababli odamlar uzoq vaqt uyda oʻtirdi. Iqtisodiy faollik sekinlashib ketdi”, deyiladi matbuot xabarnomasida.

AQSHda isteʼmol xarajatlarining pasayishi ikkinchi chorakda dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 34,6 foizni tashkil etgan. Birinchi chorakda ushbu koʻrsatkich 6,9 foizni tashkil qilgan edi.