AQSHning Xitoyga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning 20 dan ortiq kompaniyalari kiritildi
AQSHning Xitoy bilan bog‘liq yangi sanksiyalari ro‘yxatiga Rossiyaning fuqaro va mudofaa-sanoati kompleksidagi 28 ta kompaniyasi kiritildi.
“RIA Novosti” manbasiga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Rossiya mudofaa mahkamasi va ayrim tashkilotlarga sanksiyalar hozirlamoqda.
“Rosatom” va “Roskosmos”ning ikki korxonasi va mudofaa sanoatidagi harbiy texnika ishlab chiqaruvchilar ham sanksiyalar ta’siriga tushadi, deyiladi xabarda.