AQSHning Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashi O‘zbekistonda filial ochdi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan bosh tashkiloti AQSHda joylashgan Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tuzilma O‘zbekistonda farovon va teng huquqli jamiyat qurilishiga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston yoshlarining imkoniyatlarini kengaytirish va bo‘lajak rahbarlarni tarbiyalashga, sifatli ta’lim va axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasiga ingliz tili sohiblarini jalb qilgan holda o‘qituvchilar malakasini oshirishga hamda talabalarning ingliz tilini intensiv ravishda o‘rganishini ta’minlashga yordam ko‘rsatadi.
Filial o‘z maqsad va vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Innovatsion rivojlanish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
N.Abduraimova, O‘zA