English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning Ukrainadagi elchisi to‘satdan iste’foga chiqdi
12:10 / 2025-04-14

Ikki kun oldin Qo‘shma Shtatlarning Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi Brijit Brink lavozimini tark etdi.

Bu voqeaga Prezident Vladimir Zelenskiy idorasi tomonidan diplomatga bosim qilingani va Vashington yetakchisi Donald Tramp bilan ishlash oson kechmayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga Brink qariyb uch yil davomida urush hududida, oilasidan uzoqda yashadi.

Davlat departamenti matbuot kotibi diplomatga hurmat izhor qilarkan, holatni g‘ayri oddiy yakun sifatida baholadi. Ma’lumki, Tramp prezidentlikka saylangach, AQSH siyosati Ukrainadan uzoqlashib, Rossiyaga nisbatan keskin qayta yo‘naltira boshlagani sir emas. Boshqacha aytganda Vashingtonning Kiyev bilan munosabatida sezilarli o‘zgarish kuzatilmoqda. Elchi tomonidan qabul qilingan kutilmagan qaror ayni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Brink haqida ijobiy fikr bildirgan sobiq ukrainalik amaldor SNN telekanaliga aytishicha, elchi yangi ma’muriyat davrida silliq ishlay olmasligini his qilgan.

– Elchi uch yil davomida Ukrainani tizimli ravishda qo‘llab-quvvatladi, – degan manba. – Kiyev muvaffaqiyat qozonishi uchun vakolati doirasida hamma ishni qildi. Uning hayotiy prinsiplari boshqacha faoliyat yuritishga yo‘l qo‘ymasdi.

Kiyevda 2022 yil may oyida ish boshlagan Brink Bayden ma’muriyatining Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam berish siyosatini ilgari surgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA