AQSHning sobiq prezidenti Jon Kennedining qizi mamlakatning Avstraliyadagi elchiligiga nomzodini qo‘ydi
Qo‘shma Shtatlarning 35-prezidenti Jon Kennedining qizi Kerolayn Kennedi nomzodi mamlakatning Avstraliyadagi elchiligiga ilgari surildi.
“REGNUM” xabariga qaraganda, Oy uyning matbuot xizmati bu haqda davlat rahbari Jo Bayden qaroriga muvofiq ma’lumot bergan.
Diplomat nomzodi Kongress senati tomonidan ma’qullanishi lozim.
Kerolayn Kennedi 2013 yildan 2017 yilgacha AQSHning Yaponiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Baydenning ta’kidlashicha, u muhim tadbirlarda hal qiluvchi rol o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, 15 dekabrda Jo Bayden Shtatlarning Belizdagi elchiligiga figurali uchish sportchisi Mishel Kvan nomzodini ilgari surgandi.