Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning sobiq moliya vaziri Xitoyning sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi
17:40 / 2021-07-24

Xitoy AQSHning sobiq moliya vaziri Uilbur Rossga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi.

“TASS”ning Xitoy tashqi ishlar mahkamasi ma’lumotiga tayanib bergan xabariga qaraganda, sanksiya AQSH moliya vazirligi tomonidan xitoylik tadbirkorlarga sanksiya belgilanganiga javob tariqasida qo‘llanadi.  

Avvalroq AQSH hukumati xitoylik yetti nafar rasmiy amaldorga sanksiya joriy qilgan va bunga Xitoyning Gongkong maxsus ma’muriy tumanidagi sa’y-harakatlari sabab sifatida ko‘rsatilgandi.  

Uilbur Ross 2017-2021 yillarda Tramp ma’muriyatida AQSHning moliya vaziri bo‘lib ishlagan, u Xitoy kompaniyalariga qo‘llangan qator sanksiyalarga aloqador hisoblanadi.