Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning yana bir kompaniyasi kiritildi
12:41 / 2022-01-13

AQSH Shimoliy Koreya bilan aloqa qilgani uchun "Parsek" kompaniyasiga va rossiyalikka sanksiya joriy qildi, deb ma’lum qildi moliya vazirligi.

AQSH moliya vazirligining xabarida keltirilishicha, xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo‘yicha idoraning sanksiya ro‘yxatiga Moskvada ro‘yxatga olingan "Parsek" kompaniyasi va RF fuqarosi Roman Alar ham qo‘shildi.

Bundan tashqari, mazkur ro‘yxatga Xitoyning to‘rt fuqarosi hamda Moskvada va Vladivostokda yashayotgan ikki nafar Shimoliy Koreyalik ham kiritilgani aytilmoqda.

Moliya vazirligining ta’kidlashicha, ushbu qaror Shimoliy Koreyaga nisbatan olib borilayotgan sanksiya siyosati doirasida qabul qilingan.