Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning Rossiyadagi elchixonasi yana bir bor amerikaliklarga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda
10:23 / 2023-02-13

"Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi bilan bog‘liq oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari tufayli Rossiyaga safar qilmang", - deyiladi dipmissiya saytida tarqatilgan xabarda.

Rossiyaga safar qilmaslik sabablari orasida, AQSH fuqarolarini hibsga olishi uchun "kuchli ta’qib etilishi, mahalliy qonunchiliklarni o‘z bilganicha qo‘llash,  Rossiyaga va Rossiyadan reyslarni qisqartirish, Elchixona tomonidan  Rossiyada bo‘lib turgan AQSH fuqarolariga yordam ko‘rsatilishi cheklanishi va terrorizm ehtimoli" kabi holatlar keltirilgan.  

"Rossiyada yashayotgan yoki sayohat qilayotgan AQSH fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishi kerak", - deya ta’kidlanadi elchixona xabarida.  

Bundan tashqari, dipmissiyaning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati Rossiya - Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarning “AQSH fuqaroligini tan olmasligi” va ularning AQSH konsullik yordamlarini olishiga halaqit qilishi hamda urushga safarbar etishi, ularning Rossiyadan chiqib ketishini taqiqlashi  yoki harbiy xizmatga chaqirishi mumkin”.  

Shuningdek, xabarda AQSH elchixonasi AQSH fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlari jiddiy cheklangani eslatilgan.  

AQSH elchixonasi xuddi shunday ogohlantirishni o‘tgan yili fevral oyida Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin ham e’lon qilgan edi, deb yozmoqda RIA Novosti.