Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi xalqimizni Navro‘z bilan tabrikladi
13:52 / 2024-03-21

Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida Navro‘z shukuhi kezib yuribdi. Bayram munosabati bilan sayllar, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz ruhi singdirilgan turli dasturlar tashkil etilyapti. Insonlar bir-biriga ezgu tilaklarini izhor etib, ayyom bilan qutlamoqda.

AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonat Xenik ham o‘zbekistonliklarga Navro‘z tabrigini yo‘lladi.

– Navro‘z O‘zbekistonda juda muhim va qadimiy bayram hisoblanadi. Bu yurtdagi ikki yillik faoliyatim davomida hamkasblarimiz bilan birga ushbu sanani ko‘tarinki kayfiyatda nishonlab kelamiz. Ayniqsa, sumalak menga juda yoqadi. Bu taomni iste’mol qilganimda takrorlanmas xush ta’m his qilaman. E’tiborli jihati shundaki, sumalak mamlakatning turli hududlarida turlicha tayyorlanar ekan.

O‘zbekistonda bayramlar ko‘p. Ayniqsa, Navro‘zni xalqingiz intiqlik bilan kutadi va o‘zgacha nishonlaydi. Aslida tinch, osoyishta o‘zbek xalqiga shunday bayramlar juda yarashadi. Elchixona vakillari ham bayram sayllarida faol qatnashadi. Bu davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bayram saylida katta doshqozonda qaynab turgan sumalakni kovladim. Aytishlaricha, shu on nima yaxshi niyat qilinsa, amalga osharkan.

Ezgu niyatlar bilan tayyorlanadigan sumalak aynan shu sababli ham juda mazali chiqishiga shubha yo‘q.

Barcha o‘zbekistonliklarni Navro‘z – Yangi kun bilan samimiy tabriklayman. Bayram muborak bo‘lsin do‘stlar!

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/py9mLDV-UbE?si=6HpkG5EQ_hhYxeVP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Go‘zal Sattorova,

Doniyor Yoqubov (video),

O‘zA