Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi mamlakatimizda turizm sohasi keng rivojlanayotganini e’tirof etdi
15:13 / 2024-01-17

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida O‘zbekiston — AQSH o‘zaro savdo munosabatlari transport-kommunikatsiya, farmatsevtika, avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika kabi ko‘plab sohalarni qamrab olgani qayd etildi.  

Shuningdek, elchi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi keng rivoj topib borayotganini e’tirof etib, respublikadagi MICE – turizm imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.  

Uchrashuv davomida “yashil” turizmni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va hududlar salohiyatini oshirish yuzasidan qator takliflar bildirildi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinmoqda.  Jumladan, har bir viloyatning “tashrif qog‘ozi” ishlab chiqiladi, turistik mavsum uzaytiriladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA