Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning Ostona muzokaralari istiqboli yuzasidan fikri qanday?
10:17 / 2018-12-12

AQSH Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Suriya ziddiyatini bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarini yuksak baholaydi, lekin Ostona muzokaralari istiqboli yuzasidan ijobiy fikr bildirolmaydi.

Bu haqda AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uells maʼlum qildi, deyiladi “Kazinform” xabarida. 

Uells AQSHning Suriya boʻyicha maxsus vakili Jeyms Jeffrining Ostona jarayoni besamarligi haqida aytganlari yuzasidan, “Nazarboyevning harakatlarini yuksak baholaymiz, lekin bu yerda masala BMT miqyosida koʻrilishi kerak”, deb fikr bildirdi.