Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning o‘n uch shtati Tramp ma’muriyatini sudga berdi
20:49 / 2026-02-20

AQSHda federal hukumat va shtatlar o‘rtasida jiddiy huquqiy mojaro yuzaga keldi. 13 shtatga toza energiya loyihalari uchun ajratilgan 1,2 milliard dollar berilishi to‘xtatilgani sabab, Oq uy ma’muriyati ustidan sudga murojaat tushdi. Gap Kongress tomonidan avval tasdiqlangan, keyin amaldagi Prezident ma’muriyati bekor qilgan moliyaviy manba haqida ketyapti. Ushbu mablag‘ qayta tiklanadigan energiya tizimini rivojlantirish, muayyan infratuzilma barpo etish uchun yo‘naltirilishi kerak edi.

Kaliforniya boshchiligidagi koalitsiyaga Vashington, Oregon, Nyu-York, Nyu-Jersi, Konnektikut, Massachusets, Rod-Aylend, Vermont, Kolorado, Illinoys, Merilend va Viskonsin qo‘shilgan. Kaliforniya gubernatori mazkur qadam yuz minglab ish o‘rni yo‘qotilishi, milliardlab dollar iqtisodiy samaradorlik yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi, mamlakatning toza energiya sohasidagi global raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Da’vogar shtatlar Kongress tomonidan qonuniy ravishda tasdiqlangan qaror ma’muriyat tomonidan bekor qilinishi noqonuniy, deb hisoblab, moliyalashtirish qayta tiklanishini talab qilmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA