Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning ixtirolar va tadqiqotlar bo‘yicha ayrim davlatlardan ancha orqada qolayotgani aytildi
16:03 / 2021-05-28

Qo‘shma shtatlar infratuzilma va tadqiqotlar sohasida yetakchilik pozitsiyasini egallashi lozim. Bu haqda prezident Jo Bayden Ogayo shtatida qilgan chiqishida to‘xtalib o‘tdi.

«30 yil avval AQSH ixtirolar va tadqiqotlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turardi», hozircha, ushbu xalqaro musobaqada qaysi o‘rinni egallab turibmiz? To‘qqizinchi o‘rinni, Xitoy esa sakkizinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan yillar mobaynida Yaponiya, Kitay, Italiya, Fransiya, YeI infratuzilmaga katta mablag‘ kiritgani haqda e’lon qilishdi», dedi Oq uy rahbari.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatning dunyodagi nufuzi iqtisodiy ustunliklariga asoslanadi. «Biz XXI asrda yetakchi bo‘lishimiz uchun dunyoda birinchi bo‘lishimiz kerak. Bu kunday ravshan», – dedi AQSH prezidenti.