Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning ikkinchi zarbdor guruhi Eron tomon harakatlanmoqda
17:25 / 2026-02-12

AQSH moliya vaziri Skott Bessent “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Prezident Donald Tramp va mudofaa vaziri Pit Xegset ko‘rsatmasiga binoan, Eron yaqinida qo‘shimcha harbiy kuch joylashtirilayotganini ma’lum qildi. Vazir ta’kidlashicha, Amerika tomoni davom etayotgan muzokaradan oldinlab ketishni istamaydi, ammo ma’muriyat “resurslarni joylashtirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda”.

“The Wall Street Journal” nashri AQSH rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Pentagon Yaqin Sharqqa jo‘natish uchun ikkinchi zarba beruvchi guruh tuzishga buyruq bergan. “USS George H.W. Bush” aviatashuvchisi allaqachon mintaqaga yetib borgan “USS Abraham Lincoln”ga qo‘shiladi. Bir rasmiy aniqlik kiritishicha, yangi aviatashuvchi ikki hafta ichida Amerika sharqiy qirg‘og‘idan yo‘lga tushishi mumkin.

“RIA Novosti” kecha Eron chegarasi yaqinida AQSH dengiz flotining “Boeing P-8A Poseidon” suv osti kemasiga qarshi razvedka samolyoti va “Northrop Grumman” kompaniyasida ishlab chiqarilgan “MQ-4C Triton” uchuvchisiz uchog‘i parvozi kuzatilgani haqida xabar berdi.

В небе над Ираном заметили американский разведыvaтельный самолет - RIA  Novosti, 10.02.2026

Samolyot Bahrayndan uchib, Hormuz bo‘g‘ozi ustidan aylanib o‘tgan va Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi va O‘mon ko‘rfazi uzra ham ko‘ringan.

Yanvar oyi oxirida Prezident Donald Tramp Eronga Venesuela qirg‘og‘i yaqinidagiga qaraganda ko‘proq kemalar yuborilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron yadroviy bitim tuzishni xohlaydi va bu muddatni faqat o‘zlari bilishadi.

“The New York Times” yozishicha, Vashington Islom Respublikasi yadroviy dasturni qisqartirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishi, jumladan uran boyitilishini to‘liq to‘xtatishi va ballistik raketa ishlab chiqarishni cheklashini kutmoqda. Eron rasmiylari esa tenglik va o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslangan yadroviy muloqotni qayta boshlashga chaqirmoqda.

Ta’kidlanayotganidek, agar muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Qo‘shma Shtatlar yadro va raketa inshootlariga zarba berish, mamlakat rahbariyatini zaiflashtirish amaliyotini boshlash, Amerika kuchlari tomonidan maxsus reydlar uyushtirishi mumkin. Faqat gazeta manbalari Tramp tomonidan hali amaliyotga ruxsat berilmagani va taklif qilingan variantlar orasidan yakuniy tanlov qilinmaganiga aniqlik kiritgan.

Unmatched Maritime Surveillance: What You Need to Know About the MQ-4C  Triton | Northrop Grumman

O‘z navbatida Tehron ham Qo‘shma Shtatlarning har qanday, hatto cheklangan hujumiga ham javob berishga tayyorligini bildirdi.

– Eron raketalari mintaqadagi Amerika bazalariga yetib bora oladi, – deyilgan xabarda.

Shunga qaramay, tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy Qo‘shma Shtatlar bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muloqotda Islom Respublikasi uchun qoniqarli natijaga umid bildirdi.

Как Иран может заблокироvaть Ормuзский пролив

– Tinchlik va osoyishtalik davri kelishiga chin dildan umid qilaman, muloqot urushdan ustun, – deb yozgan u ijtimoiy tarmoq sahifasida Eron xalqini Islom inqilobi 47 yilligi bilan tabriklarkan. – Biz diplomatiyaga ustuvor ahamiyat beramiz. Biz tinch yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erisha olamiz. Qachonki, adolatli, muvozanatli bo‘lsa...

Arag‘chiy mamlakat “har qanday vaziyatda” o‘z suverenitetini himoya qilish yo‘lidan ortga chekinmasligini qo‘shimcha qilgan.

AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bilvosita muzokara 6-fevral kuni O‘mon poytaxti Maskatda bo‘lib o‘tdi. Tramp muloqot ko‘ngildagidek o‘tgani va albatta davom etishini ta’kidladi. Shu bilan birga Islom Respublikasi tashqi siyosat idorasi rahbari mabodo urushga olib kelgan taqdirda ham, Eron uranni boyitish huquqini talab qilishiga urg‘u berdi.

S.Rahimov, O‘zA